O‘zbekiston | 08:45 / 29.12.2020
2855
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon – Urganch – Andijon aviareysi yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Moliya vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda ziyorat turizmi va ichki turizmni rivojlantirish doirasida Andijon – Urganch – Andijon aviareysini yo‘lga qo‘yish va Andijon – Xiva – Andijon temiryo‘l reyslari sonini oshirish, shuningdek avia va temiryo‘l chiptalariga turoperatorlar tomonidan sotib olingan taqdirda (joylashtirish vositalarida kamida bir kecha tunab qolish sharti bilan) o‘ttiz foizlik chegirma joriy qilish mexanizmini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

2021 yil 1 iyuldan boshlab ushbu mexanizmning Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida qo‘llanilishi ta’minlanadi.

2021 yil 1 aprelgacha Termiz – Qarshi – Xiva yo‘nalishi bo‘yicha doimiy temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.

Belgilanishicha, “halol”, “kosher” va “vegan” yo‘nalishiga o‘rnatilgan tartibda ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga – yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovi 50 foizini to‘lashdan ozod etiladi.

2021 yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to‘laydi, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.

Mavzuga oid