Bayramlarda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
2021 yilda xizmatlar va servis sohalarini rivojlantirishning drayverlari sifatida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni ommalashtirish, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish, shu jumladan “Umra+” ziyorat dasturini amalga oshirish belgilanadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
- Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramlari, Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni hamda Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi;
- har yili 1 dekabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kelgusi yil uchun bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar taqvimini e'lon qilib boradi;
- ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan "oilaviy ziyorat ta'tili" tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy ziyorat ta'tili” yillik asosiy ta'til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi;
- mehnat jamoalari orasida mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Sayohat yetakchisi” tizimi joriy qilinadi. Bunda, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda o‘z mehnat jamoalariga sayohatlar tashkil qilgan eng faol 1 000 nafar “Sayohat yetakchisi”ga yil yakuni bilan O‘zbekiston bo‘ylab turli mavzudagi sayohatlar bepul asosda taqdim etiladi;
- mamlakat bo‘ylab sayohatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan, shu jumladan bonuslar yig‘ib boriladigan, tavsiya etiladigan turizm namoyishi obektlari to‘g‘risida ma'lumotlar aks etgan hamda sayohatlarni qayd etadigan tizimni nazarda tutuvchi “Turist pasporti” joriy etiladi va uning doirasida eng faol sayyohlar mukofotlanib boriladi;
- 2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi miqdorida turistik (mehmonxona) yig‘imi joriy qilinadi. Bunda, turistik (mehmonxona) yig‘imi ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
- respublikaning turizm namoyishi obektlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros, ziyoratgohlar bilan tanishtirish hamda ichki turizmni targ‘ib qilishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni ko‘zlamagan) axborot ma'naviy-ma'rifiy masalalarga doir axborotga tenglashtiriladi;
- davlat organlarining ijtimoiy reklama mahsulotlari qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan ziyorat turizm obektlari aks ettirilgan dizayn tasviri asosida tayyorlanadi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
20:52 / 24.10.2022
O‘zbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi
18:21 / 19.09.2022
Prezident ziyorat turizmi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini aytdi
10:02 / 28.04.2021
O‘zbekiston turizm va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 27.01.2021