Davlat aktivlarini boşqariş agentligida kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi. Unda 5ta hududiy boşqarma boşliqlari işdan olingan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Agentlik direktori etib tayinlangan Akmalxon Ortiqov raisligida ötgan yiğilişda öziga yuklatilgan vazifalarni bajarmay, faoliyatida özi bölarçilik va sansalorlikka yöl qöygan agentlikning Namangan, Andijon, Qaşqadaryo, Toşkent viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmalari rahbarlari egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topilgan hamda vazifasidan ozod etildi.

«Agentlikning Xorazm, Surxondaryo, Farğona, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Toşkent şahri hududiy boşqarmalari rahbarlariga işdagi kamçiliklar uçun xayfsan e'lon qilindi.

Agentlik markaziy apparatining bir nafar boşqarma boşliği egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 6 ta departament boşliğiga işdagi kamçiliklari körsatib ötilib, sönggi marotaba ogohlantirildi», — deyiladi agentlik xabarida.

Ta'kidlanişiça, barça rahbarlar uçun bir oy sinov muddati belgilandi, işda özgariş qilmagan rahbar va xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilişi belgilab olindi.

Işdan böşatilgan xodimlar prezident farmoni ijrosini bajarişda qator kamçiliklarga yöl qöyilgani ta'kidlangan. Jumladan, böş turgan obektlardan samarali foydalanişda kamçiliklarga yöl qöyilgan, past rentabelli, faoliyatsiz korxonalarni tugatiş işlari yakuniga yetkazilmagan, davlat mulki obektlari töğrisidagi hisobotlarni tizimga kiritiş işlari öz holiga taşlab qöyilgan, xususiylaştiriş dasturi doirasida davlat mulki obektlari öz vaqtida savdoga çiqarilmagan, aktivlarni xususiylaştiriş tuşum prognozlari töliq bajarilmagan, joylarda taşkil etilgan Korxonalarni soğlomlaştiriş va xususiylaştiriş klinikalariga kelgan murojaatlarning ayrimlari elektron dasturga kiritilmagan.

Ma'lumot uçun, Akmalxon Ortiqov şu yilning 21 dekabr kuni agentlik direktori lavozimiga kirişgandi. U bunga qadar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimida