Kun.uz'ning agentlikdagi manbasi xabar qilişiça, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelgan Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori etib tayinlangan.

Akmalxon Ortiqov 1980 yilda Namangan viloyatining Çortoq tumanida tuğilgan, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
2001–2013-yillarda Özbekiston Respublikasi moliya vazirligi tizimida, 2013–2015-yillarda Namangan viloyat hokimligi moliya boşqarmasi, 2015—2017 yillarda Farğona viloyati hokimligi moliya boşqarmasi boşliği, 2017 yilda Namangan viloyati hokimining iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölib işlagan.
2017–2018-yillarda Iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantiriş va aholini turmuş darajasini oşiriş masalalari böyiça örinbosari, 2018–2019-yilgaça Farğona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari, 2019–2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy özgartirişlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Akmalxon Ortiqov 2020 yilning martidan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq Markaziy raisi örinbosari Saidqahhor Xolxöjayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, turli yillarda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, prezident maslahatçisi örinbosari, iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot vaziri örinbosari, moliya vaziri örinbosari, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi örinbosari, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan Sunnatilla Bekenov 2019 yil sentabrida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori etib












