2021 yil 10 yanvardan boşlab karşering taşkilotlariga notarial rasmiylaştirmasdan va içki işlar organlarida röyxatdan ötkazmasdan yölovçilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik şaxslarga 30 kungaça muddatga qisqa muddatli ijaraga beriş huquqi beriladi.
Belgilanişiça:
karşering taşkilotlarining avtomototransport vositalari Transport vazirligi va Içki işlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega bölişi şart;
avtomototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga beriş böyiça faoliyat Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagiçiga kiritiladi.
Içki işlar vazirligi:
a) karşering taşkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan şaxslar tomonidan yöl harakati qoidalari buzilganligi töğrisidagi ma'lumotlarning mavjudligini aniqlaş maqsadida karşering taşkilotlariga Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining “Ma'muriy amaliyot” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiriş imkoniyati taqdim etilişini ta'minlaydi;
b) karşering taşkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan şaxslar tomonidan yöl harakati qoidalari buzilganligi töğrisidagi ma'lumotlarni “Ma'muriy amaliyot” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga tezkorlik bilan kiritiş böyiça işlarni kuçaytiradi;
v) Transport vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
qoidabuzar mijozlarning xatti-harakatidan, şu jumladan ular tomonidan yöl harakati qoidalari buzilganligi uçun karşering taşkilotlarining huquqlarini himoya qilişning huquqiy kafolatlarini kuçaytiriş;
karşering taşkilotlarining avtomototransport vositalarini töxtaş joylariga yetkaziş, joylaştiriş va saqlaş şaroitlarini yaratiş.
- Xalqaro amaliyotga muvofiq, jismoniy şaxslarga, şu jumladan çet el fuqarolariga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga beriş böyiça xizmatlarni körsatiş faoliyati karşering deb e'tirof etiladi. Bunda avtomototransport vositalari ularni ijaraga va prokatga beriş xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslarga mulk huquqi asosida tegişli bölişi, şuningdek, keyinçalik uçinçi şaxslarga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga beriş xizmatlarini körsatiş uçun jismoniy şaxslar tomonidan ularga berilişi mumkin.

















