Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi özining karşering xizmati – «Yandeks.Drayv»ni işga tuşirişini e'lon qildi. Xizmat 2018 yil fevralida işga tuşadi. Bu vaqtgaça «Yandeks.Taksi» foydalanuvçilari yangi xizmatda röyxatda ötganlaridan keyin «Yandeks.Drayv»dagi hisoblariga 20 foiz keşbek olişlari mumkin böladi.
Yangi operatorning avtoparki Kia Rio sedani, Rio X-Line hetçbeki va Renault Kaptur krossoveridan taşkil etiladi. Xizmatdan foydalaniş uçun iOS va Android qurilmalari uçun mobil ilova orqali röyxatdan ötiş talab etiladi. Buning uçun «B» toifadagi haydovçilik guvohnomasi va kamida 2 yillik malaka talab etiladi.
Kompaniya avtomobillar ijarasi böyiça narxni keyinroq e'lon aytilmoqda. Biroq haq tölaş boşqa operatorlarda bölgani kabi daqiqa böyiça hisoblanadi. Avtoparkda neçta maşina bölişi ham hozirça sir saqlanmoqda.
Bugungi kunda Moskvada 11 ta karşering operatori faoliyat yuritadi. Yana 3 tasi işga tuşişga hozirlik körmoqda. Ularda jami 3 mingga yaqin maşina mijozlarga xizmat körsatişga jalb qilingan. Moskva bozori hajmi 10–15 ming avtomobil deya baholanmoqda.
Karşering xizmatida avtomobil qisqa muddatga mijozga ijaraga beriladi. U foydalangan vaqti uçun belgilangan pulni tölaydi.
















