Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida 2020 yilda mamlakatda kambağallikni kamaytiriş borasida bajarilgan işlar haqida gapirdi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri bu jarayonda «Temir daftar» muhim örin tutganini qayd etgan.

«Kambağallikni qisqartiriş böyiça 2020 yilda köp işlar qilindi. Bizning eng katta natijamiz deb şuni aytiş mumkinki, pandemiya davrida olib borilgan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy siyosat mamlakatda kambağallikni köpayişiga olib kelmadi. Qaşşoqlikni keltirib çiqarmadi. Aholining birorta qatlami qaşşoqlikka tuşmadi. Nima hisobiga bu körsatkiçlarga erişildi?

Birinçi navbatda, 2020 yilning yanvar oyida budjet mablağlaridan ijtimoiy nafaqa olgan oilalar soni 600 mingta edi. Dekabr oyida esa 1 mln 200 ming oilaga ijtimoiy nafaqalar berildi. Misol uçun, «Temir daftar» deymiz. Hayit bayramida, bolalar maktabga borişi arafasida va boşqa vaqtlarda mazkur tizim orqali aholiga manzilli yordam körsatildi.

Uning bir ma'nosi şundaki, u juda ham keng qamrovli. Bunda faqatgina pul yoki oziq-ovqat bilan yordam berişgina nazarda tutilmagan. «Temir daftar» birinçi navbatda kam ta'minlangan aholini işga joylaştirişni nazarda tutadi.

Bir söz bilan aytganda, «Temir daftar» pandemiya davrida xalqimizning qiynalib qolmasligi uçun eng katta xizmat körsatgan dastak va yönaliş böldi, deb aytiş mumkin», deya Boş vazir örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

29 dekabr kuni bölib ötgan Özbekiston prezidentining parlamentga murojaatida ham «Temir daftar» masalasiga alohida urğu berildi.

«Nima uçun biz «Temir daftar»ni joriy etdik? Bundan maqsad – ehtiyojmand aholini töğri aniqlaş va şu asosda ular bilan manzilli işlaşni taşkil etiş. Birinçi navbatda, kambağal aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta'minlaşimiz lozim. Bu masalada xalqaro ekspertlar bilan çuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga yetkazilmoqda» deya ta'kidlagan davlat rahbari.

Prezident murojaatida ma'lum qilinişiça, 2021 yildan boşlab «Temir daftar» tizimi yangi bosqiçga kötariladi. Ya'ni «Ijtimoiy reyestr»ga qamrab olingan barça ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron şaklda körsatiladi.