Ispaniya chempionatining 16-turida «Barselona» o‘z uyida «Eybar»ni mag‘lub eta olmadi. Kike Garsiyaning goliga mezbonlardan Usmon Dembele javob berdi. Kataloniyaliklar hujumchisi Martin Breytueyt o‘yin boshida penaltidan foydalana olmadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yinni «ko‘k-anorranglilar» yetakchisi Lionel Messi kichik jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.
Durangdan so‘ng «Barselona» 25 ochko bilan 6-o‘ringa, «Eybar» 16 ochko bilan 14-pog‘onaga joylashdi.
La Liga, 16-tur
Barselona – Eybar 1:1
29 dekabr, «Kamp-Nou»
Gollar: Dembele (67) – Garsiya (57).
Amalga oshirilmagan penalti: Breytueyt (8).
Barselona – ter Stegen, Dest (Dembele, 46), Langle (Buskets, 82), Arauxo, Firpo, de Yong, Pyanich (Koutino, 66), Pedri (Puch, 89), Mingesa, Grizmann (Trinkau, 66), Breytueyt.
Eybar – Dmitrovich, Rafa Soaresh, Bigas, Burgos (Oliveyra, 73), Poso, Kondzer (Resio, 81), Inui, Eksposito, Diop (Kubero, 90+3), Alvares, Kike Garsiya (Muto, 73).
Ogohlantirishlar: Alvares (75), Resio (83).











