Maktabgaça ta'lim
- 2021 yilda maktabgaça ta'lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. 600 milliard söm subsidiya berilib, 2 mingta xususiy boğça oçiladi; xususiy sektor uluşi 25 foizga yetadi.
- 6 yoşli bolalarni maktabga majburiy tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi. 2021 yilda 6 yoşli bolalarning 82 foizi (560 ming nafar) maktabga bepul tayyorlovga jalb etiladi.
- Uzoq qişloqlarda maktabgaça ta'limni uyda beriş modeli yölga qöyiladi. YuNeSKO va Jahon banki bilan hamkorlikda.
Maktablar
- Bolaning tahliliy va kreativ fikrlaş qobiliyatini östirişga möljallangan yangi darsliklar tayyorlaş boşlanadi.
- Boşlanğiç sinflarda DTS örniga bolaga ortiqça yuklama bermaydigan «Milliy öquv dasturi» joriy etiladi.
- Boşqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan öqituvçilar oyligiga 50 foiz, boşqa viloyatga borib işlasa 100 foiz ustama tölanadi.
- Hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rağbatlantiriş uçun budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
- 10 prezident maktabi; kimyo-biologiya, matematika va ATga ixtisoslaşgan 197ta maktab oçiladi.
Oliy ta'lim
- OTMlarda davlat grantlari soni kamida 25 foizga oşiriladi.
- Xotin-qizlar uçun grantlar soni 2 barobarga oşirilib, 2 mingtaga yetkaziladi. A'lo öqiyotgan ehtiyojmand qizlar uçun stipendiyalar ta'sis etiladi.
- Davlat kadrlar tayyorlaş böyiça xususiy OTMlarga ham buyurtma bera boşlaydi.
- 30 ta OTMga öquv dasturlarini işlab çiqiş, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qiliş huquqi beriladi.
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim
- 2021 yilda «El-yurt umidi» jamğarmasi orqali yetakçi xorijiy OTMlarga magistratura va doktoranturaga öqişga yuboriladigan yoşlar soni 5 barobarga oşiriladi.
- 2021 yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy taşkilotlardagi doktorantlar soni 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oşiriladi (4,5 ming nafarga yetadi).
- Ilmiy unvonlar va darajalar beriş vakolati oliygohlarning ilmiy kengaşlariga ötkaziladi.
- Fizika va çet tillari keyingi yilga ilm-fanning ustuvor yönalişlari etib belgilandi.
Prezident murojaatnomasi: 2021 yilda Özbekiston iqtisodiyoti qanday özgaradi?












