Ayni kunlarda butun dunyoni öziga qarata olgan BioNTech laboratoriyasi asosçisi va rahbari professor Uğur Şahin 1 million 800 ming kişining hayotiga zomin bölgan koronavirus pandemiyasi haqida öz qaraşlarini bayon etdi. Uning fikriça, Covid-19 hayotimizdan töliq çiqib ketişi uçun yana kamida 10 yil muddat kerak.

Koronavirus pandemiyasining eng ayançli oqibati hayot tarzimizni butkul özgartirib yuborganidir. BioNTech CEO’si Şahin «normal hayot tarzi» degan narsa özgarib, özgaçaroq ma'no kasb etişi lozimligini ta'kidlagan. Bu juda öyga toldiradigan fikr emas. Zero, masofadan ta'lim oliş va uydan turib işlaş hayotimizga kirib kelib bölgan amaliyotlar. Boşqaça qilib aytsak, endi tom ma'noda hayotning bir qismiga aylana oldi. 

BioNTech va Pfizer vaksinasi 95 foiz samaradorlik qayd etyapti

Uğur Şahin nomi hayotimizga koronavirus pandemiyasi bilan birgalikda kirib keldi. Pandemiya boşlangaç, u Pfizer kompaniyasi bilan hamkorlikda mRNA usulida vaksina işlab çiqişni boşladi va dunyoda birinçilardan bölib koronavirusga qarşi xavfsiz va samarali preparat yarata oldi. Hozirga kelib, jahonning 30dan ortiq davlatida Uğur Şahin laboratoriyasida yaratilgan vaksinadan foydalanişga ruxsat berildi.

Milliardlab dozadagi preparatlarga buyurtmalar olindi va yirik davlatlar bir neça yillik işlab çiqariş quvvatlariga pul tölab qöyişdi. 

Nihoyatda samarali deb topilgan vaksinaga savollar tuğila boşladi. Dekabr oyi boşida koronavirusning Britaniyada paydo bölgan yangi ştammi köpçilikni öyga toldirib qöydi. Uğur Şahin esa, özi yaratgan vaksinani ham, boşqa vaksinalarni ham virusning mutatsiyaga uçragan şakliga ta'sir körsata olişiga işonçi komilligini ma'lum qilgan. Ta'siri kamayadigan bölsa, yangi versiyaga qarşi samarador vaksinani işlab çiqiş 6 hafta içida amalga oşiriş mumkinligini aytgandi.