Bugun, 2 yanvar kuni «Neftçi» PFK qarorgohida jamoa yangi boş murabbiyi Ilhom Möminjonovni taniştiruv marosimi ötkazildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berişiça, Farğona viloyat hokimi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda viloyat hokimining sport va turizm masalalari böyiça maslahatçisi Xurşid Ahmedov va «Neftçi» klubi rahbari Zohidjon Ğofurovlar iştirok etib, Ilhom Möminjonov «Neftçi» jamoasining boş murabbiyi etib tayinlanganligi haqida e'lon qilingan. Murabbiy bilan 4 yillik şartnoma imzolangan.

Şundan keyin, Ilhom Möminjonov sözga çiqib, bor kuçi va tajribasini farğonalik muxlislar işonçini oqlaş va jamoaning Superligadagi iştiroki va salohiyatini qayta tiklaşga sarflaşini bildirgan.

Qayd etiş joiz, Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi sifatidagi faoliyati davomida ham 2017 yilda Ilhom Möminjonovni «Navbahor» klubi boş murabbiyi sifatida tayinlagan va namanganliklar öşa mavsumda 5-örinni egallaşgandi.

Eslatib ötamiz, «Neftçi» Superligaga ötiş öyinida «Andijon»ga mağlub (1:3) bölib, reglamentga binoan 2021 yilda ham Pro ligada öynaşi lozim.

















