«Xalq orasida vraçlar pora olmasligi kerak, qasam içgan, ularning oyligi yetarli degan tuşunçalar mavjud. Keling, oçiq ma'lumotlar asosida tahlil qilib köramiz», – deydi post muallifi, şifokor Abdulazizxon Akramov.

Suratda Mehnat vazirligi portalidagi böş iş örinlari uçun vakansiyalar röyxatida vraçlarning 1 stavkasi uçun belgilangan maoşlar körsatilgan.

Misol uçun, VOP (umumiy amaliyot şifokori) bilan bitta tor mutaxassisning (xirurg, travmatolog va hokazo) maoşi olingan.

Demak 1 stavka uçun:

  • UAŞ oyligi 1 mln 837 ming söm;
  • Tor mutaxassis 1 mln 670 ming söm.

Xöş, endi bu oylikdan soliqlarni ayiramiz. 12 foiz daromad va 1 foiz pensiya jamğarmasiga, jami 13 foiz:

  • 1 mln 837 ming - 13 foiz = 1 mln 598 ming söm;
  • 1 mln 670 ming - 13 foiz = 1 mln 453 ming söm.

UAŞ va Tor mutaxassis kunlik çiqimlari (örtaça):

  • 10 ming söm yölkira;
  • 15 ming söm tuşlik;
  • 20 ming söm uylarga borib bemor körişga yölkira.

Şularni qöşib yuqoridagi oylik maoşdan yana ayiramiz. Örtaça 40 ming sömdan 22 kun iş kuni = 880 ming söm.

  • 1 mln 598 ming - 880 ming söm = 678 ming söm;
  • 1 mln 453 ming - 880 ming söm = 533 ming söm.

«Şu va boşqa çiqimlardan taşqari UAŞ qöliga örtaça 400 ming söm, tor mutaxassis qölida esa 350 ming söm pul qoladi.

Endi işxonadan uyga olib ketiladigan pul şunça. Uy-rözğor, kommunal tölovlar, krediti bölsa unga tölov, bola-çaqa, kiyim boş va maişiy çiqimlarga şu pul qoladi.

Endi vijdonan aytaylik! Şu pulga yaşaş mumkinmi? 6-7-10 yil umrini ilm quvişga işlatgan odam şu pulga qanday qilib tirikçilik qilişi kerak? Bolasining, xotinining köziga qanday qaraydi? Javob bering!» – deya yakunlanadi şifokor sözlari.