«Toşkentda sifatli tibbiy xizmat va maktab ta'limiga qanday erişamiz? Meni şu savol qiynaydi. Ta'lim va tibbiyot töğrisida qarorlar qabul qildik. Pastdagi muhitni sizlar köproq bilasizlar. Odamlar hozir ta'limdan ham, tibbiyotdan ham norozi. Maktab direktorining ham, poliklinika rahbarining ham iş uslubini bilaman, meni bugun qoniqtirmaydi», – dedi davlat rahbari.
Qayd etilişiça, uçraşuvdan asosiy maqsad – odamlarga ma'qul ta'lim va tibbiy xizmatni ta'minlaşda quyi tizimdagi masalalarni biliş va ularni yeçişda töğri yöl tutiş.
«Toşkentda tibbiyot sohasida akademiya, ilm maskani bormi? Bor. Ikkinçidan, Toşkentda 60ga yaqin respublika tibbiy muassasalari bormi? Bor. Yaxşimi-yomonmi, 150ta poliklinika, turli yönalişlar böyiça şifoxonalar bormi? Bor. Oxirgi 3,5 yil sizlar bilan birga işlayapmiz, şu yillarda odamlar tibbiyot sohasida nimadandir rozi böla oldimi, yöqmi? Ikkinçidan, akademiyaning, respublika muassasalarining kuç-qudratidan, imkoniyatidan amalda foydalanilyaptimi? Sirdaryoga, Namanganga yoki Toşkent viloyatiga nisbatan odamlarni rozi qilyapmizmi, yöqmi? Mening öylaşimça, savolga ijobiy javob yöq. Özgaramizmi, yöqmi? Özgarsak, qanday özgaramiz? Tik turib, belimizni mahkam boğlab poytaxtdagi 3 million xalqni rozi qila olamizmi, yöqmi, degan savol meni qiynaydi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident sohaga mas'ul vazir özgartirilgani, boşqarma boşliği lavozimiga tajribali mutaxassis tayinlanganini aytdi.
«Tizimni özgartiryapmiz. Natija qaçon böladi? Endi bajaruvçi - sizlar. Sizlarning qasamyodlaring bor. Boşqa sohaning qasamyodi yöq. Şu qasamyodga munosib böla olasizlarmi, yöqmi? Men işonamanki, böla olasizlar. Mendan nima kerak, sizlar qanday qilib iş uslubini özgartirişingiz mumkin?» – deya savol bilan murojaat qildi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev rejalar katta ekanini aytib, tibbiyot xodimlari, xuddi öqituvçilar singari, 1000 dollar miqdorida iş haqi olişi kerakligini bildirdi.
«Oddiy muallim 1000 dollar iş haqi olmasa, u işga kelişi kerak emas. Şifokor ham xuddi şunday, 1000 dollar olmasa, ertaga uyga borib bolasini, nabirasini qanday boqadi? Qilişimiz mumkinmi? Mumkin. Tinçlik, osoyiştalik kerak, bir-birimizni töğri tuşunişimiz kerak», – dedi davlat rahbari.
Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahrida 23 ming nafar öqituvçi bor, 500ta vakant mavjud. Tibbiyot sohasida 498ta vakant joy bor.
«Iş kerak deymiz, lekin mana ikkita sohada ham 1000ta vakant turibdi. Nega? Byurokratiya. Sizlarda erkinlik yöq. Toşkent şahrida qanday qilsak böladiki, şu ikki tizimga mukammal ozodlik, mas'uliyat, javobgarlik berib, bolalarimizni yaxşi öqitsak?» – dedi prezident.

















