Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Auksionda narxi 600 mln so‘mga chiqqan avtoraqam ko‘chadagi avtomobilga taqilgani aks etgan surat bo‘yicha izoh berildi
Samarqand viloyatidagi onlayn auksionda savdoga qo‘yilgan qimmatbaho avtoraqam allaqachon Samarqand shahri ko‘chalarida harakatlanayotgan avtomobillardan biriga taqilgani aks etgan surat tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqdagi yana bir videoda esa boshqa bir avtomobilda xuddi shu avtoraqam (30 Z777ZZ) borligini ko‘rish mumkin.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bu holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ma'lum qilinishicha, hozirda ushbu davlat raqam belgisi viloyat IIB YHXB ixtiyorida saqlanmoqda.
«Samarqand ko‘chalarida taqib yurilgan «Malibu» rusumli mashinadagi raqam fotoshop dasturi orqali qo‘yilgan. Ushbu raqam auksion orqali sotib olgan fuqaroga tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi haqiqatga yaqin bo‘lmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz», deyiladi viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Shuningdek, keyinroq tarqalgan ikkinchi video yuzasidan izoh berilgan.
«Ushbu raqam oq rangli «Malibu» avtomashinasiga qo‘lbola yasab o‘rnatilganligi aks etgan video ham tarqaldi. Hozirda ushbu haydovchini aniqlash choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Ayni daqiqalarda 30 Z777ZZ davlat raqami uchun onlayn auksion davom etmoqda va bu raqamning narxi 596 mln so‘mga yetgan.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026