Davlat statistika qömitasi tomonidan mamlakatning barça hududiy markazlarida joylaşgan yirik umumiy ovqatlaniş muassasalari (jumladan, «Oş markazlari»)da ötkazilgan kuzatuv natijalari böyiça, 2020 yil dekabr oyi uçun palovning örtaça narxlari (qiymati) ma'lum qilindi.
Ta'kidlanişiça, 1 kilogramm (7 porsiya) palov narxi Qoraqalpoğistonda 99 169 söm bölib, Özbekistondagi eng arzon narxlardan biri şu hududda kuzatilgan, ammo Qoraqalpoğiston Respublikasida narx ötgan oyga nisbatan 1,2 foizga ösgan. Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farğona, Xorazm, Toşkent şahri va Sirdaryo viloyatlarida narx özgarişsiz qolgan.
Qoraqalpoğistondan taşqari, Samarqand viloyatida 1 kg palov narxida 1 foizlik, Toşkent viloyatida esa 1,5 foizlik ösiş kuzatilgan.
Respublika böylab, palov indeksini Toşkent şahri (131 600 söm), Buxoro viloyati (130 669 söm) va Toşkent viloyati (120 169 söm) boşqarib kelmoqda. Eng arzon narx Namangan viloyatida (98 ming söm), Qoraqalpoğiston Respublikasida (99 169 söm) va Navoiy viloyatida (101 500 söm) kuzatilgan.
Qömitaning xabar berişiça, ma'lumotlarni şakllantirişda faqat tanlab olingan umumiy ovqatlaniş muassasalari («Oş markazlari»)dagi palovning örtaça narxi hisobga olingan bölib, restoran va çoyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Ma'lumot uçun, 2020 yilda Özbekistonda eng ommaviy taom – «Palov indeksi» ma'lumotlari şakllantirilişi joriy etilgandi.












