BioNTech kompaniyasi dozalar orasidagi oraliq muddat böyiça tavsiyaga amal qilinmasa, koronavirusga qarşi vaksinasining xavfsizligi va samaradorligiga kafolat bermasligini bildirdi.

 "Vaksinaning samaradorligi va xavfsizligi dozaning yoki emlaşlar orasidagi vaqtning özgarişi holatlarida örganib çiqilmagan", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Pfizer/BioNTech vaksinasi ikki dozadan iborat bölib, dozalarni kiritişdagi oraliq muddat 21 kunni taşkil etadi.

 Keyingi paytda Yevropadagi ayrim mamlakatlar emlaşning boşqaça şakllariga ötişni rejalaştirmoqda: xususan, Daniya va Buyuk Britaniyada emlaşlar orasidagi muddatni oşiriş möljallanmoqda. Qayd etilişiça, şu yöl bilan köproq odamni emlaş mumkin.

Kompaniya şuningdek, mamlakatlar vaksina dozasi masalasini özlari hal qilişlari kerakligini bildirdi. 

Qator mamlakatlarda Pfizer va Moderna vaksinalari bilan emlaş boşlab yuborilgan. Ammo aksariyat ekspertlar emlaş jarayoni sekin borayotganini ta'kidlamoqda.