Energetika vazirligining ma'lum qilişiça, hozirgi kunga kelib Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasining neft va gaz konlarida nosozlik sabab töxtatilgan barça 14 ta gaz haydaş agregatlari işga tuşirildi va iş rejimida işlamoqda.
Yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etiş natijasida Muborak GQIZda gaz ta'minoti töliq tiklangan. Biroq, 4 yanvar kuni yetkazib berilmagan hajmlar töldirilmagan, bu esa zarur gaz bosimini tiklaşga tösqinlik qiladi.
Şuningdek, 4 va 5 yanvar kunlari havo haroratining pasayişi tufayli gaz iste'molida ösiş kuzatilmoqda.
“Şu munosabat bilan, respublika aholi iste'molçilari va elektr energiyasini işlab çiqaruvçi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarini tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlaş birinçi darajali vazifadir.
Şuning uçun, bir qator zarur vaqtinçalik çoralar joriy etilmoqda. Ulardan biri – avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ)ning soat 15:00 dan 05:00 gaça işlaşini çeklaşdir. Uşbu vaqtinçalik çora magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi ta'minlanişi yölga qöyilgunga qadar joriy etiladi.
Uşbu çeklovlar bir qator hududlarda mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda joriy qilinadi.
Mavjud vaziyat bilan boğliq ravişda, 4 yanvar kuni uy xöjaliklarini elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlaşda vaqtinça uzilişlar bölgan alohida holatlar yuz berdi. Barça holatlar nazorat ostida va zudlik bilan bartaraf etiş çoralari körilmoqda.
Hurmatli iste'molçilar! Gaz plitalari va isitkiçlarni qarovsiz qoldirmasligingizni söraymiz, çunki gaz bosimi tiklanganda uni nazoratsiz işlatiş jiddiy muammolarga olib kelişi mumkin”, – deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

















