O‘zbekiston | 08:15 / 05.01.2021
2932
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Islomobod o‘rtasida charter reyslari yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Richard Maslen

O‘zbekiston elchixonasi Pokistonning «Serene Air» aviakompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha bosh direktori Xolid Bashir bilan videokonferensiya o‘tkazdi, deb xabar beradi «Dunyo».

Onlayn-tadbirda O‘zbekiston tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov, transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Choriyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Muzaffar Komilov ishtirok etdi.

Muloqotda O‘zbekiston ziyorat turizmini targ‘ib qilish doirasida Islomobod va Toshkent o‘rtasidagi charter reyslarining texnik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zbek aviakompaniyalarining Pokistonga parvozlarini ko‘paytirish, xususan, «Toshkent-Islomobod-Toshkent» yo‘nalishini ochish masalasini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, Pokistondan yuk tashish reyslarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi, xususan, ishtirokchilar parvozlar geografiyasini kengaytirish to‘g‘risida kelishib oldi.

Xolid Bashir aviakompaniya O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishga to‘liq tayyorligini bildirdi. Uning so‘ziga ko‘ra, bugungi kunda kompaniya parkida 5ta «Boing 737-800» va bitta «A-330» samolyoti mavjud. Ushbu markadagi yana ikkita samolyot 2021 yil yanvar oyining oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi.

O‘zbekiston va Pokiston aviatsiya ma'murlari o‘rtasida ikki tomonlama kelishuvlar mavjudligini hisobga olgan holda, «Serene Air» qisqa vaqt ichida ziyorat turizmi doirasida O‘zbekistonga charter reyslarini amalga oshirish uchun o‘zbek tomoniga kerakli murojaatlarni yuboradi.

Mavzuga oid