Chaqaloq savdosi ko‘payib borayotganiga bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmagani asosiy sabablardan biri – IIV mas'uli
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti mas'ul xodimi Nargiza Hojiboyeva so‘nggi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar ancha kamaygani, biroq chaqaloqlar va bolalar savdosining ulushi surunkali ravishda ortib borayotganini ma'lum qildi.
«2020 yilga kelib odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni 6 barobarga kamaygan. Masalan, 2012 yilda 574ta odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat qayd etilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib bu ko‘rsatkich 94ta, 2020 yilda esa 74tagacha kamaygan. Biroq tahlillar ushbu davrda chaqaloqlar va bolalar savdosi ulushi surunkali ravishda ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
2017–2020 yillar o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida chaqaloq savdosi bilan bog‘liq 185ta jinoyat aniqlangan. Jumladan, 2017 yilda 69ta, 2018 yilda 46ta, 2019 yil 41ta, 2020 yilning 11 oyida 34ta ana shunday jinoyatlar aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayblov xulosasi bilan tegishli tartibda sudga oshirilgan. Bu jarayonda chaqaloqni sotganlarga ham, ularni sotib olganlarga ham, shuningdek, o‘rtada vositachilik qilganlarga ham qonuniy choralar ko‘rilgan.
Hozirgi jinoyatlar tahlilidan aytib o‘tsak, rasmiy nikoh orqali oila qurganlar emas, ko‘pincha, nikohsiz tug‘ib qo‘ygan qizlar farzandlarini sotishi holatlari aniqlangan. [Homilador bo‘lib qolganini] ota-onasidan yashiradi, mahalla-ko‘ydan yashiradi. Boshqa viloyat yoki shaharga borib bolani tuqqach, tug‘dirishga yordam bergan vositachilar orqali bolani sotish holatlari ko‘p», deya Nargiza Hojiboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
IIV mas'ulining ta'kidlashicha, chaqaloq savdosining ko‘payib borayotganiga bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmagani, moddiy ko‘makka muhtojligi yoki turmush qurmagan qizlarning homiladorligini oilasidan yashirishga urinishi sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, u farzand ko‘rmagan oilalarda chaqaloqlarni sotib olishga ehtiyoj kattaligi, bolani sotishdan yuqori moddiy manfaat topish imkoni mavjudligi, ona homilador bo‘lgan vaqtdan boshlab bola tug‘ilgunga qadar vaqt orasida chaqaloq savdosiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha samarali mexanizm va qonunchilik bazasining yo‘qligi ham ushbu muammoning ildiz otishiga zamin yaratayotganini qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar
Jahon | 20:42 / 25.02.2025
“Videolarni montaj qilib tarqatishyapti” – YHXX rasmiysi «no photo» qonuni haqida
O‘zbekiston | 18:45 / 25.02.2025
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV
O‘zbekiston | 16:42 / 23.02.2025
Kun so‘rovi: bir oyda qancha kartoshka sotib olasiz?
Jamiyat | 09:38 / 23.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaga AQSh yordamisiz o‘zini himoya qilishi uchun yiliga 250 mlrd yevro va 300 ming askar kerak bo‘ladi
Jahon | 02:30
-
Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Fan-texnika | 01:29
-
Vengriya sakkiz nafar rossiyalik YeI sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishini talab qildi
Jahon | 23:20 / 25.02.2025
-
JSST: 2050 yilga borib dunyoda ko‘krak bezi saratonidan o‘lim holati 68 foizga oshadi
Jahon | 23:10 / 25.02.2025
Mavzuga oid

19:24 / 23.02.2025
Ispaniyada odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh etildi

18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT

19:17 / 28.11.2024
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi

15:24 / 25.11.2024