London markaziy jinoiy sudi raisi Vanessa Baraytser Wikileaks asosçisi Julian Assanjni garov evaziga ozodlikka çiqarişni rad etdi. 

Sudya Assanj ilgari garov evaziga ozodlikka çiqiş şartini buzgani uçun ana şunday qaror qabul qilganini aytdi.

"Agar janob Assanj bugun ozodlikka çiqarilsa, u apellyatsiyani körib çiqiş uçun sudga kelmasligiga işonçim komil. Şuning uçun u hibsda qolişi lozim", – dedi sudya.

Avvalroq London sudi Julian Assanjning hayotiga xavf paydo bölişi mumkinligi bois uning AQŞga ekstraditsiya qilinmasligi töğrisida hukm çiqargandi.

Amerika adliya vazirligi Julian Assanjga qarşi 18ta ayblov e'lon qilgan. U mazkur ayblovlar asosida 175 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.