Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda madaniyat va tarix muzeyi quriladi. U tarixiy obidalar me'moriy shaklida bo‘ladi
Bukhara City’da Buxoro madaniyati va tarixi muzeyi tarixiy obidalar me'moriy shaklida quriladi. Bu haqda shahar Turizm departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoyev, Ibrohim Mo‘minov va Sanoatchilar ko‘chalariga tutash hududlarda samarasiz foydalanilayotgan obektlar, bino va inshootlar egallagan 83 gektar maydonda jami 73ta lotdan iborat Bukhara City loyihasini amalga oshirishga kirishilgan. Loyihaning umumiy qiymati 550 million AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, Buxoroda ilk bor 1,1 gektarda 32 qavatli bino, 1,7 gektarda ekspomarkaz hamda 1,4 gektarda texnopark ham aynan ushbu hududda qurilishi ko‘zda tutilgan.


Bukhara City markazida qad rostlashi kutilayotgan yana bir muhim inshoot — qadimiy sharqona usulda gumbazsimon qilib qurilgan, ya'ni, mavjud tarixiy obidalar ko‘rinishidagi uch-to‘rt qavatli muzeydir. Bu binoning umumiy maydoni 9 ming 354 metr kvadratdan iboratdir. Undan 6ta ekspozitsiyadan iborat Buxoro tarixi, tabiati hamda tasviriy san'atini o‘zida aks ettirgan 125 mingga yaqin eksponat o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Loyihaga binoan, muzey binosida anjumanlar zali, fond zaxira xonalari, fitobar, ofislar hamda kutish zali tashkil etiladi.

Turkiyaning Studio Vertebra kompaniyasi me'mor-mutaxassislari tomonidan loyihalashtirilayotgan inshootning umumiy qiymati 6,9 million AQSh dollariga baholangan. Muzey qurilishi 2021 yilda boshlanadi.
Mavzuga oid
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
07:30 / 03.11.2025