Vazir o‘rinbosari Qorasaroydagi tug‘uruqxonada olingan e'tirozli video yuzasidan izoh berdi

Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 2-son tug‘uruqxona yonida olingan va erkak kishi ovozi yozilgan videolavha tarqaldi.
«Kelinimizni «roddom»ga olib kelgandik, yo‘llanma bo‘yicha kelganmiz. Qanaqadir order so‘rashyapti. Order bo‘lmasa, olib qola olmaymiz, deyishyapti. Kelin bo‘lsa bukchayib yotibdi, tug‘ishiga vaqti kelganmi, yo «soxraneniye»ga olish kerakmi, biror chora ko‘rish kerak-ku!
Qorasaroydagi «roddom» mana. 1 yanvardan qaror chiqqan, order bo‘lmasa olmaymiz, deydi. Qanaqa order, nimaga order?! Ona bilan bolaning jonini saqlab qolish kerakmasmi? Bularga bemalol-da, oldindan 3 million to‘laysan, deyapti. Oldin ishni bitirmasdan qanday qilib pul oladi? Kimdir bularga chora ko‘radimi?» – deydi kadr ortidan gapirgan erkak.
Kun.uz muxbiri holat yuzasidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova bilan bog‘landi.
– Bu video tarqalishi bilan darhol o‘zim boshchiligimda xizmat tekshiruvi o‘tkazildi, holat joyiga borib o‘rganildi. Ayol 22 haftalik homilador, ayni paytda homiladorlikni saqlash uchun tug‘uruqxonaga yotqizilgan va kerakli muolajalarni olmoqda.
Tushunmovchilik nimadan kelib chiqqaniga kelsak, ayolda 31 dekabr kuni ham og‘riqlar kuzatilgan va u hududiy poliklinikada ginekolog-shifokor ko‘rigidan o‘tgan. Ginekolog ayolga yo‘llanma bergan, ammo u og‘riqlar bosilgani tufayli tug‘uruqxonaga bormay, bayramni o‘tkazishni istab uyida qoladi. 5 yanvar kuni ayolda og‘riqlar qaytalangan va soat taxminan 19:00larda Toshkent shahri 2-son tug‘uruq kompleksiga murojaat qiladi.
Videoda ko‘rinib turibdiki, tug‘uruq kompleksida chiroqlar yoniq, ish davom etyapti. Ayolning o‘zi ko‘rinmaydi.
– Ya'ni ayol shifokorlar tomonidan qabul qilinganmi?
– Albatta. Qabulxona shifokori yo‘llanma bergan poliklinika ginekologi bilan telefon orqali suhbatlashguncha mana shu vaziyat yuz bergan. Men xizmat tekshiruvi davomida ayol bilan xotirjam suhbatlashdim. U ko‘rsatilgan barcha tibbiy xizmatlardan rozi ekanini bildirdi. Hatto bunday video tarqalganidan hayron ham bo‘ldi.
Lekin tug‘uruq komplekslarida, shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimida kamchiliklarimiz bor, albatta. Mana shu yerda ham o‘zaro aloqa vaqtida va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani mana shunday holatni yuzaga keltirgan. Bu borada muntazam ish olib boramiz.
– Videoda yana bir jiddiy ayblov – 3 mln so‘m so‘ralgani tilga olingan. Bu masalaga oydinlik kiritildimi?
– Shaxsan o‘zim, shifokorlar ishtirokisiz ayol bilan alohida suhbatlashdim va bu masala bo‘yicha batafsil surishtirdim. Bunday holat bo‘lmagan.
Albatta, shifoxonalarimizda pulli tibbiy xizmatlar, qo‘shimcha servislar uchun to‘lovlar bor. Bemorlar ulardan o‘z ixtiyorlariga ko‘ra foydalanadilar hamda xizmat turi va narxlar hamisha ko‘rinarli joyda osilgan bo‘ladi. Ko‘pincha pullik xizmat va bepul xizmatlarni aralashtirib yuborish, to‘g‘ri tushunmaslik mana shunday bahsli vaziyatlarni yuzaga keltiradi.
Abror Zohidov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston | 20:09
-
Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?
Jahon | 19:49
-
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
Jamiyat | 18:55
-
Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 18:53
Mavzuga oid

21:31 / 29.11.2023
Qashqadaryodagi shifoxonada 26 yoshli ayol tug‘uruqdan keyin vafot etdi

20:23 / 04.08.2023
Toshkent shahridagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi

12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov

09:46 / 07.08.2022