Norma’ning yozishicha, hujjatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarining o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida quyidagi nizomlarni tasdiqlash taklif etilmoqda:

  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maxsus vakolatli davlat organini boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatini shakllantirish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish va (yoki) ishga solmay to‘xtatib qo‘yish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berish va tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim etish va so‘rovlarni yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Hujjatda taklif etilgan normalarga muvofiq olingan axborotlardan faqat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlariga qarshi kurashish maqsadida foydalaniladi. Axborotlar maxfiy hisoblanadi.
 
Maxsus vakolatli davlat organi bilan axborotlar almashish asoslantirilgan hamda so‘ralayotgan axborotdan foydalanishning aniq maqsadi ko‘rsatilgan so‘rov asosida yozma yoki elektron hujjat shaklida amalga oshiriladi.