2024 yilning 16 iyun kuni Namanganda yoş bola ölimi bilan boğliq YTH sodir bölgan: endigina 14 yoşni qoralagan, yolğiz onaning yagona öğli bölgan Ibrohimjon velosipedida buvasining uyidan qaytayotganda Malibu urib yuboradi. Buning oqibatida u vafot etadi. Tergov organi haydovçini garov evaziga oçiqda qoldirgandi.

Iş jinoyat işlari böyiça Çortoq tuman sudida mazmunan körib çiqilmoqda.

Kun.uz bu haqda 29 iyul kuni maqola e’lon qilgaç, şu kunning özida navbatdagi sud majlisi ötkazilgan va sudlanuvçi A.D.ning “garov” ehtiyot çorasi özgartirilib, u sud zalidan qamoqqa olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaga köra, hodisadan söng jarima maydoniga qöyilgan Malibu avtomobili noma’lum sabablarga köra sud tugamay turib egasiga qaytarib berilgan bölgan. Keça bölib ötgan sud majlisida bu masala ham körib çiqilib, Malibu'ni jarima maydoniga qaytariş haqida körsatma berilgan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buzib odam ölimiga sabab böliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan şaxslarga muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi berilişi belgilangan.