Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ARUP kompaniyasi Toshkentning elektron xaritasini ishlab chiqdi. Unda kuchli yomg‘ir natijasida suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlar ham ko‘rsatilgan
Foto: Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmati
Britaniyaning ARUP kompaniyasi ekspertlari Toshkentning elektron xaritasini ishlab chiqdi. Unda kuchli yog‘ingarchilik hamda shahar kanallari to‘g‘onlaridagi yorilishlar natijasida suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlar ham ko‘rsatilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 11 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari, ARUP kompaniyasi, Jahon banki mutaxassislari, FVV Toshkent shahar boshqarmasi, “Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ, Toshkent shahar gaz ta'minoti boshqarmasi va “Toshissiqquvvati” AJ rahbariyati ishtirokida shaharni barqaror boshqarish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mutaxassislar Toshkent shahrining barqaror rivojlanishidagi asosiy xavflar – zilzila va suv toshqinlari ekanligini ta'kidladi. Bunda, ayniqsa, zilzilalar natijasida qurbonlar va yo‘qotishlar soni ko‘proq, chunki suv toshqinlari sodir bo‘lish ehtimoli past sanaladi.

Seminar ishtirokchilari interaktiv shaklda kuchli zilzila xavfi va ehtimoliy zararlar miqdorini baholadi. Zilzila ro‘y bergan taqdirda infratuzilma buzilishi tizimi ishlab chiqildi. Birinchi navbatda gaz tarmoqlariga e'tibor qaratish tavsiya etildi.

ARUP kompaniyasi loyihalashtirish, arxitektura, rejalashtirish, loyihalarni boshqarish sohasida konsalting xizmatlarini taqdim etadi. U 1946 yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning 36 mamlakatida 96ta ofisga va 16 000dan ortiq xodimlarga ega, 160dan ortiq davlatlarning loyihalarida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
15:04 / 16.01.2026
Hafta oxirida ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026