Ma'lum qilinişiça, bugun, 12 yanvar kuni, Jizzax viloyati xokimligi binosida Jizzax şahrida qurilayotgan köp qavatli turar joy binosining qulaşi sabablarini örganiş hamda kelgusida şu kabi holatlarning oldini oliş böyiça hukumat komissiyasining yiğilişi rejalaştirilgan.

Yiğilişni boş vazirning birinçi örinbosari – hukumat komissiyasi raisi Oçilboy Ramatov olib boradi. Yiğilişda komissiyaning barça a'zolari hamda tegişli vazirlik va idoralar xodimlari qatnaşadi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax şahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik köçasida yangidan qurilayotgan köp qavatli uylardan biri kutilmaganda, heç bir tabiiy ofat ta'sirisiz qulab tuşdi.

Rasmiy ma'lumotga köra, jabrlanganlar va halok bölganlar yöq. Foydalanişga topşirilmagan bino 6 qavatli bölib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turar joy, dastlabki 2 qavati noturar joy sifatida qurilayotgan bölgan.

Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi bilan boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tuşiş sabablari, bunga omil bölgan holatlar, loyiha hamda pudratçi taşkilot tomonidan uyning barpo etilişi davrida şaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, şuningdek, bunday holatlarning oldini oliş böyiça amaldagi normativ-me'yoriy huquqiy hujjatlarni örganib çiqib, taklif kiritiş vazifasi yuklatilgan.