Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 11:00larda Toşkent şahri Uçtepa tumani Foziltepa köçasida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, haydovçi, 1999 yilda tuğilgan I.F. "Matiz" rusumli avtomobilda harakatlanayotib oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida, uşbu köçada joylaşgan "Boğişamol" istirohat boği röparasida, svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan haydovçi, 1992 yilda tuğilgan X.R. boşqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobilga urilgan. 

Zarb oqibatida "Damas" özidan oldinda töxtab turgan haydovçi, 1988 yilda tuğilgan A.A. boşqaruvidagi "Matiz"ga, "Matiz" esa özidan oldinda töxtab turgan haydovçi, 1992 yilda tuğilgan Ş.Ya. boşqaruvidagi yana bir "Matiz"ga, uşbu "Matiz" zarb oqibatida özidan oldinda töxtab turgan haydovçi, 1978 yilda tuğilgan Ş.I. boşqaruvidagi "Neksiya" rusumli transport vositasining orqa tomoniga urilgan.

YTH natijasida masofa saqlamagan "Matiz" rusumli avtomobil haydovçisi, 22 yoşli I.F. va "Damas" rusumli avtomobil haydovçisi, 29 yoşli X.R.ga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toşkent markazida boşqaruvni yöqotgan «Malibu» töxtab turgan 2ta «Lasetti»ga urilib, ağdarilib ketdi, Bektemir tumanida esa Toyota Land Cruiser beton tösiqqa urildi.