Hujjatda qayd etilişiça, hozirgi kunda qattiq maişiy çiqindilar sohasini tartibga solişda bir qator kamçilik va muammoli masalalar, xususan, maişiy çiqindilarni dastlabki saralaş (alohida saralab yiğiş), ularni utilizatsiya qiliş, qayta işlaş, zararsizlantiriş va takror foydalaniş, şuningdek, mazkur tadbirlarni moliyalaştiriş kabi masalalar yuzaga kelgan.
“Bugungi kunda amaldagi tariflar faqatgina qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş uçun xizmatlar körsatişga hisoblab çiqilgan bölib, çiqindilar bilan boğliq işlarni kompleksli amalga oşiriş böyiça xarajatlarni qoplamaydi. Natijada sanitariya jihatidan tozalaş taşkilotlarida maişiy çiqindilarni saralaş, utilizatsiya qiliş va qayta işlaş sohalarini rivojlantiriş uçun aylanma mablağlar şakllanmay qolmoqda”, - deyiladi loyihada.
Qaror loyihasida yuqorida qayd etilgan muammoli masalalarni yeçiş, şuningdek, iste'mol (foydalaniş) xususiyatlarini yöqotganidan söng hosil böladigan çiqindilarni yiğiş, utilizatsiya qiliş va zararsizlantiriş infratuzilmasini yaratiş maqsadida, quyidagi tovarlar hamda qadoqlaş vositalariga nisbatan ekologik yiğim joriy etiş közda tutilmoqda:
- batareykalar va akkumulyatorlar;
- tarkibida simob bölgan lampalar;
- şina, pokrişka va rezina kameralar;
- moylaş materiallari (motor moylari);
- plastmassa va şişa qadoq idiş buyumlari (şu jumladan polietilen paketlar);
- bir marta foydalaniladigan plastik idişlar;
- kombinatsiyalangan materialli qadoqlaş idişlari (Tetra Pak).
Yuqorida qayd etilgan mahsulotlarga nisbatan ekologik yiğimning joriy etilişi asosan quyidagi omillarga muvofiq izohlanadi:
- xavfli hisoblanadi;
- resurs qiymatiga ega hisoblanadi;
- utilizatsiya qilinişi lozim;
- yiğiş, taşiş, utilizatsiya qiliş, qayta işlaş va zararsizlantiriş uçun alohida infratuzilma talab qilinadi;
- kömib yuboriş mumkin emas.

















