Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 avgustdagi PQ-4434-sonli Qaroriga muvofiq, Şerzod Saidjanoviç Xidoyatov Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Şerzod Xidoyatov 2018 yil mayidan buyon Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Tashkent city» xalqaro işbilarmonlik markazi hududida obektlarni quriş va ulardan foydalaniş direksiyasi davlat unitar korxonasi direktori vazifasida iş yuritayotgan edi.

Şerzod Xidoyatov 1980 yilning 20 avgustida Toshkent şahrida tuğilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining Taşkiliy-nazorat boşqarmasi umumiy bölimida nusxa köçiriş böyiça nozirlikdan boşlagan. Turli yillarda bir qator korxona va taşkilotlarda mehnat qilgan. Xususan, Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining Taşkiliy-nazorat boşqarmasida turli vazifalarda, «NORDLINK ALIMINIUM BUILDING MATERIALS» mas'uliyati çeklangan jamiyati xorij korxonasi direktorining örinbosari, «DREAM PRODUCTION» mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi qöşma korxonasi direktori, «Toshkent transformator zavodi» aksiyadorlik jamiyati boş direktori, «DURABEL BETON» mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil mayida Toshkent şahri hokimiga aylangan Jahongir Ortiqxöjayev örniga «Tashkent city» xalqaro işbilarmonlik markazi hududida obektlarni quriş va ulardan foydalaniş direksiyasi direktori etib tayinlangan.

Biroz avvalroq, 2018 yil aprelidan buyon Quriliş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Botir Zokirov prezident farmoni bilan Quriliş vaziri lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Quriliş vazirligi 2018 yilning 2 aprel kuni  prezidentning «Quriliş sohasida davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan taşkil etilgandi. Öşanda vazirlikka Olmazor tumani hokimi bölib turgan Abduqahhor Töxtayev (2005-2011 yillarda Toshkent şahri hokimi bölgan) yangi rahbar etib