Kun.uz uşbu maşmaşa haqida jurnalistik suriştiruv ötkazgan edi.

Tadbirkor Gyunel Aliyeva 2019 yil noyabr oyida MIB tomonidan ijro hujjatlari asosida onlayn auksionga çiqarilgan, qurilişi tugallanmagan noturar obektni xarid qiladi.

Binoning avvalgi egasi — «UZ KAMOL TEKS» MÇJ rahbari Qosimjon Husanov auksion notöğri ötkazilganini rökaç qilib, uning natijalarini bekor qiliş uçun fuqarolik işlari böyiça Jizzax tumanlararo sudiga murojaat qiladi va 2020 yil 14 sentyabrda uning talablari qanoatlantiriladi, auksion natijalari bekor qilinadi. Boz ustiga auksionga mulkni rasmiylaştirib çiqargan MIB Jizzax şahar bölimi va Gyunel Aliyevadan solidar tarzda 11 mln 600 ming söm davlat boji undiriş ham yuklatiladi.

Sud qaroriga nisbatan Jizzax şahar prokuraturasi protest keltiradi va iş FIB Jizzax viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida körib çiqilib, dastlabki instansiya qarori özgarişsiz qoldiriladi.

Qosimjon Husanov uşbu sudlargaça, auksionda ğolib bölgan Gyunel Aliyeva binoga qöyilgan taqiqlarni yeçib, öz nomiga rasmiylaştirganidan söng, 30 dekabr kuni qalbaki reyestr bilan boşqa bir insonga notarius orqali oldi-sotdi şartnomasi bilan sotadi (keyinçalik bu reyestr Jizzax şahar ma'muriy sudi tomonidan bekor qilinadi).

Boş prokuraturaning G.Aliyevaga ma'lum qilişiça, uşbu holat böyiça 2021 yilning 5 yanvar kuni Jizzax şahar prokurori tomonidan Qosimjon Husanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik sodir etiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Kun.uz voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.