14 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida «Özstandart» agentligida joriy yilda amalga oşiriladigan özgarişlar haqida ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Hozirda joriy etilgan taşqi savdoni notarif boşqariş tizimi xalqaro andoza va standartlarga javob bermasligi hukumat tomonidan tanqid qilindi. Bu borada faoliyatimizning 8ta ustuvor yönalişi belgilandi», – dedi «Özstandart» agentligi direktorining birinçi örinbosari Javlon Kattaxöjayev.
Ma'lum qilinişiça, özgarişlar quyidagi yönalişlarda amalga oşirilişi aytib ötildi:
1. Sinov laboratoriyalarini xalqaro andozaga yetkaziş maqsadida, ölçov tizimlarini rivojlantiriş dasturiga muvofiq, 2,1 million dollarga 3ta yangi gaz şaklidagi moddalarning hajmi va sarfi, tovuş bosimi, yoruğlik kuçi va foydalanilayotgan etalonlarni töldiruvçi moslamalari xarid qilinişi hamda işga tuşirilişi kutilmoqda.
2. Oziq-ovqat, metall, elektrotexnika, polimet kimyo, töqimaçilik va çarm-poyabzal mahsulotlarini sinaş laboratoriyalari zamonaviy xalqaro standartlarga asosan yaratiladi va mavjudlari modernizatsiya qilinadi.
3. Mahalliy işlab çiqilgan mahsulotlarning xorijiy bozorlardagi raqobatdoşligini oşiriş maqsadida, «Özeltexsanoat» uyuşmasi bilan hamkorlikda, Yevropada qöllaniladigan yorliqlaş tizimi 20dan ziyod taşkilotda joriy qilinişi rejalaştirilgan.
4. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan körsatilgan yordam bilan Jahon savdo taşkilotining texnik tösiqlar böyiça kelişuviga asosan, standartlarni qöllaş böyiça yangi qonun loyihasi tayyorlangan va qonun 2021 yilda Oliy Majlisga taqdim qilinadi.
5. Joriy yilda Xalqaro akkreditatsiya forumiga a'zo böliş uçun çoralar köriladi.
6. Qişloq xöjaligi vazirligi bilan hamkorlikda 7 ming gektardan ziyod yer maydonda Global GAP va organik tizimlarni joriy qiliş işlari olib boriladi.
7. Jahon savdo taşkilotining texnik tösiqlar haqidagi normalariga asosan 2ta qonun loyihasi qayta körib çiqilişi rejalaştirilgan.
8. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida joriy etilgan talablar, qoidalar va normalarni iqtisodiyotga joriy qiliş, sanoat mahsulotlarini uşbu bozorga tayyorlaş maqsadida 50ta texnik reglament amaliyotga kiritilgan va yangi kiritiladigan texnik reglamentlar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi normalariga uyğunlaştirilişi aytildi.

















