Qayd etilişiça, Özbekiston prezidentining 2021 yil 14 yanvar kunidagi 6137-sonli farmoni bilan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliği Aziz Toşpölatovga "general-mayor" maxsus unvoni berildi.

Gazeta.uz’ning yozişiça, general-mayor unvoni Toşkent IIBB boşliği Aziz Toşpölatovga avans bilan topşirilgan. Uşbu unvon Özbekiston tarixida faqat ikki marotaba yoş xodimga berilganligi va Aziz Toşpölatov eng yoş general-mayor bölganligi ta'kidlab ötildi. 

Şuningdek, içki işlar vazirining buyruği bilan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining quyidagi xodimlariga "polkovnik" maxsus unvoni berildi:

  • Otamurod Ahmedov, Mirzo Uluğbek tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği;
  • Aziz Sadirov, Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliğining örinbosari.

Avvalroq, Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga general-leytenant harbiy unvoni berilgani xabar qilingandi.