Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sobiq ittifoq va özbek diplomati, 15 yanvarda 95 yoşini qarşilagan Rafiq Nişonovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlaş haqidagi farmonni imzoladi. 

“Davlat oldidagi ulkan xizmatlari va köp yillik halol işi uçun Nişonov Rafiq Nişonoviç Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlansin”, deb aytilgan farmonda.

Rafiq Nişonov 1926 yilda Böstonliq tumanining Ğazalkent şahrida tavallud topgan. 1970-1978 yillarda Sobiq ittifoqning Şri-Lanka va Maldiv Respublikasidagi elçisi lavozimini egallagan. Nişonov Şri-Lankada elçi bölgan vaqtda Rossiyaning amaldagi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov diplomatik faoliyatini elçi yordamçisi sifatida boşlagan.

Nişonov 1985 yilda Özbekistonga qaytib, respublikaning taşqi işlar vaziri lavozimini egallagan. 1986 yil dekabrdan 1988 yil aprelgaça Özbekiston Oliy kengaşi Prezidiumi raisi va Sobiq ittifoq Oliy kengaşi Prezidiumi raisi örinbosari lavozimlarini egallagan.

1988 yil yanvardan 1989 yil iyungaça Özbekiston kompartiyasi markaziy qömitasi birinçi kotibi lavozimini egallagan. 

1989 yil 6 iyunda Sobiq ittifoq Oliy kengaşi millatlar kengaşi raisi etib saylangan.

1991 yil noyabrda pensiyaga çiqqan.