Qayd etilishicha, idoralararo chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Rejada:
- O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berish, ular huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lig‘i va hayotini sug‘urtalash;
- vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘rtasida idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjat imzolash;
- O‘zbekistonning chet eldagi konsullik idoralari faoliyatini takomillashtirish, xususan, fuqarolarga ko‘rsatiladigan onlayn konsullik xizmatlarini kengaytirish;
- mehnat migrantlari ko‘p bo‘lgan davlatlarda konsulxonalar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ochish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2021 yil 15 mart, ijro uchun mas'ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.











