Sirdaryo viloyati budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Yangiyer şahar bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Norçayev Jahongir Sindoroviç 17 yanvar kuni vafot etdi. Şuningdek, Sirdaryo viloyati Xovos tumani bölimi boşliği Fayziyev Baxtiyor Sadullayeviç 52 yoşida olamdan ötdi, deb xabar bermoqda jamğarma axborot xizmati.

Rasmiy axborotda marhumlarning  ölim sababi keltirilmagan. Moliya vazirligi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Norçayev va Fayziyevning ölimiga koronavirus sabab bölmagan.

2020 yil 19 sentyabrda jamğarma ijro etuvçi apparati bölim boşliği Mirodil Qosimov vafot etgani haqida xabar berilgandi. Bundan taşqari, koronavirus tufayli moliya vaziri örinbosari Yorqin Tursunov vafot etgani xabar qilingan.