IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xabariga köra, tadbir davomida Toşkent şahri Şota Rustaveli köçasida joylaşgan “Humo trans” aviakassa rahbari K.Ye. uşbu aviakassada fuqaro M.Z.ni aldab, pandemiya şaroitida çet davlatga davolaniş uçun borişga asos böluvçi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berişiga va şu hujjatga asosan Rossiyaga bemalol borişi mumkinligiga işontirib, uning 1450 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Olib borilgan tezkor qidiruv işlari davomida fuqaro K.Ye. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni şu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQŞ dollaridan jami 94 800 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini qölga kiritganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan fuqaro K.Ye.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, u qamoqqa olingan. 

Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.