Davlat dasturi loyihasiga köra:
- avtomototransport vositasini texnik körikdan ötkazişni eksterritoriallik prinsipi asosida yölga qöyiş va yangi avtomototransport vositasini texnik körikdan ötkaziş talabini bekor qiliş;
- transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş muddatlari (davriyligi)ni uzaytiriş;
- Toşkent, Nukus şaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölim (bölinma)larida fuqarolarning doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan hududidan qat'i nazar avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va ularga davlat raqami belgilarini berişni amalga oşiriş;
- barça röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölim (bölinma)larida hamda kamida 20 ta Davlat xizmatlari markazlarida milliy haydovçilik guvohnomasini rasmiylaştirişni (şu jumladan, almaştiriş yoki yöqolgani örniga yangisini beriş) fuqarolarning doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan hududidan qat'i nazar amalga oşiriş;
- haydovçilik guvohnomasini olişga talabgorlardan imtihon oliş jarayonini jamoatçilik tomonidan, şu jumladan internet orqali kuzatiş imkonini yaratiş.
Içki işlar vazirligi uç oy muddatda uşbu bandda nazarda tutilgan çora-tadbirlar amalga oşirilişini ta'minlaş böyiça Hukumat qarori loyihasini kiritadi.

















