19 yanvar kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida viloyat hokimi Ergaş Soliyev Abduvali Saidoviç Mustanovni Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tavsiya etgan, nomzod deputatlar tomonidan ma'qullangan.
Abduvali Mustanov yangi lavozimda Nodir Rajapov örnida iş boşladi. 2019 yil oktyabridan buyon Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Rajapov bugun Zafarobod tumani hokimligiga tayinlandi.
Ma'lumot uçun, Abduvali Mustanov muqaddam Jizzax viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2018 yildan buyon Foriş tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. Bugun uning örniga Yangiobod tumanining sobiq hokimi Ikrom Matiyev Foriş tumanining yangi hokimi etib tayinlandi.












