19 yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Jizzax şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötib, unda prezident maslahatçisining birinçi örinbosari Qahramon Quronboyev va viloyat hokimi Ergaş Soliyev iştirok etdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, sessiya kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi sözga çiqib, Jizzax şahar hokimi lavozimida işlab kelayotgan Akbar Safaroviç Şukurov boşqa lavozimga ötgani munosabati bilan Jizzax şahar hokimi lavozimiga Komil Adhamoviç Xolmurodov nomzodini tavsiya etgan va deputatlar uşbu taklifni ma'qullaşgan.

Komil Xolmurodov

Akbar Şukurov 2018 yil aprelidan buyon Jizzax şahrini boşqarib kelayotgandi. U 2011-2017 yillar Samarqand şahri hokimi, 2017-2018 yillarda «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruv raisi birinçi örinbosari lavozimlarida ham işlagan. Hozirça uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yöq.

Akbar Şukurov

Komil Xolmurodov muqaddam Jizzax viloyati prokurori örinbosari lavozimida işlagan, 2018 yil noyabrida Mirzaçöl tumaniga hokim etib tayinlangandi. Bugun u tuman hokimligidan ozod etilib, uning örniga Şerzod Ahmedov tayinlandi.

Bundan taşqari, viloyatning Zafarobod va Foriş tumanlarida ham rahbarlar özgargan, şuningdek, Yangiobod tumaniga ham yangi hokim tayinlanişi kutilmoqda.