2021 yil 4 yanvardan e'tiboran Özbekistonda şaxsni tasdiqlovçi hujjat sifatida ID-kartalar berilişi boşlandi. Uning narxi BHMning 89 foizini taşkil etadi. Bu haqda Kun.uz tahririyati bir neça bor maqolalar va reportajlar ham e'lon qildi. Yaqinda Kun.uz muxbiri fuqarolik biometrik pasportini ID-kartaga almaştiriş jarayoniga oydinlik kiritiş maqsadida maxsus videolavha ham tayyorladi. Quyida u bilan tanişişingiz mumkin.
ID-karta olişni rejalaştirayotgan fuqarolarga şuni alohida qayd etiş lozimki, qonunçilikka binoan fuqaro boş kiyimida, xususan römolda rasmga tuşa olmaydi. Biroq, e'tiqodi talabi böyiça römol örangan ayol tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga murojaat qilganda unga ayol xodim xizmat körsatişini söraşi mumkin. Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişlariça, bu holatda, bölimda ayol xodim taqdim etiş imkoniyati mavjud bölsa, römolli fuqarolarga aynan ayol xodim xizmat körsatadi.
Mavzuga doir:
2021 yil 1 yanvardan identifikatsiya ID-kartalari joriy etiladi — Prezident farmoni
Özbekiston fuqarosining ID-kartasiga qanday ma'lumotlar kiritiladi?
2021 yil 4 yanvardan ID-kartalarni beriş boşlanadi
ID-kartani respublikaning istalgan hududidan oliş mumkin — IIV rasmiysi
Avval xabar qilinganidek, ID-kartalari belgilangan hujjatlar qabul qilib olingandan söng, 1 iş kuni mobaynida rasmiylaştirib beriladi. Şu örinda, bir jihatni alohida uqtiriş kerak, özgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bölgan şaxslar ID-karta oliş uçun murojaat qilganlarida mas'ul xodim tomonidan 15 kun muddatda uşbu şaxslarning yaşaş manziliga borgan holda ID-kartasi rasmiylaştiriladi va körsatilgan xizmat uçun qöşimça tölov undirilmaydi.











