Komil Xolmurodov hurmat bilan kuzatildi
Foto: Mirzaçöl tumani hokimligi

19 yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Mirzaçöl tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötib, unda prezident maslahatçisining birinçi örinbosari Qahramon Quronboyev va viloyat hokimi Ergaş Soliyev iştirok etgan. Yiğilişda Mirzaçöl tumani hokimi lavozimiga Şerzod Ahmedov nomzodini taklif qilgan. Deputatlar uşbu nomzodni ma'qullagan.

Şerzod Malikoviç Ahmedov 1978 yilda Zomin tumanida tuğilgan, 2000 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti va 2008 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Şerzod Ahmedov 2016 yildan buyon «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.

Eslatib ötamiz, Komil Xolmurodov Mirzaçöl tumaniga 2018 yil noyabrida Mahmud Xolbötayev örniga hokim etib tayinlangandi. U endilikda qaysi işga ötişi hozirça ma'lum emas.