FIFA referesi Sherzod Qosimov kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 3 yilga futboldan chetlatildi
O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi O‘zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, ya'ni bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta'sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlarini aniqlash bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettirmoqda, deya yozadi O‘FA rasmiy sayti.

Foto: pfl.uz
«O‘FA Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida FIFA va OFK hakami Sherzod Qosimov bo‘yicha aniqlangan holatlar ko‘rib chiqildi.
Qo‘mita tomonidan Sherzod Qosimov O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta'sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 3 (uch) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi. Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi», - deyiladi O‘FA bayonotida.
Dekabr oyida Sherzod Qosimov O‘FA tomonidan Qatardagi OChLdan chaqirib olingani xabar qilingandi.
Qosimov o‘tgan yilning avgust oyida «So‘g‘diyona» - «Bunyodkor» (3:3) o‘yinidagi bir qator shubhali qarorlari uchun Superliga bahslaridan 4ta o‘yinga chetlatilgan, ammo bu haqda O‘FA tomonidan rasman e'lon qilinmagandi. Keyin esa Pro ligada «Oqtepa» - «Dinamo» (1:1) uchrashuvida mehmonlar darvozasi tomon belgilangan penalti va qizil kartochkasi tufayli Samarqand jamoasi e'tiroziga sabab bo‘lgandi. So‘nggi marta Superligada 17 oktabr kuni «Mash'al» - OKMK (0:2) uchrashuvida ishlagan 32 yoshli arbitr boshqa o‘yinga tayinlanmagandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha kelishilgan o‘yinlar va korrupsion ishlarga aralashgani uchun FIFA hakami Jasur Muxtorov 5 yil muddatga, bosh hakam Temur To‘xtasinov 2022 yilgacha, bosh hakam Asker Najafaliyevni esa 2020 yil oxirigacha futboldan chetlatilgani va har biri 90, 70 va 10 million miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
Iqtisodiyot | 10:04 / 23.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi
O‘zbekiston | 19:19
-
«Chempion» tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi
O‘zbekiston | 19:17
-
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?
O‘zbekiston | 19:04
-
O‘zbekistonliklar xalqaro pul o‘tkazmalarida minglab yevro yo‘qotishmoqda
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

08:34 / 20.03.2025
“Korrupsiyaviy tuynuk”larni tag-tomiri bilan yo‘q qilish choralarini ko‘ramiz - bosh prokuror

18:16 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

10:22 / 14.03.2025