Uch nafar o‘zbekistonlik hakam korrupsiyada ayblanib, futboldan chetlatildi. Ular orasida FIFA referisi ham bor
O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan futbol sohasida korrupsion holatlarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.

«Inspeksiya tomonidan o‘rganishlar natijasida O‘zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, ya'ni bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta'sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan bir qator futbol hakamlari aniqlandi.
O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan mazkur holatga aloqadorlikda gumon qilingan 10 nafardan ortiq futbol hakamlari, professional futbol klublarining murabbiy va rasmiy shaxslari bo‘yicha ma'lumotlar, tegishli futbol uchrashuvlari qaydnomalari, inspektorlarning futbol uchrashuvlari bo‘yicha hisobotlari, hakamlarning futbol faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyalari, tegishli futbol uchrashuvlaridagi shubhali epizodlar aks etilgan videomateriallar O‘FA Etika qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
Taqdim etilgan ma'lumotlar bo‘yicha joriy yilning 17 va 25 noyabr kunlari O‘FA Etika qo‘mitasining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi va tegishli tartibda O‘FA Etika qo‘mitasining 04/2020, 05/2020 – sonli qarorlari qabul qilindi.
Ularga ko‘ra:
- FIFA, OFK hakami Jasur Muxtorov O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta'sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 5 (besh) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatildi hamda 90 000 000 (to‘qson million) so‘m jarimaga tortildi;
- O‘FA Bosh hakami Temur To‘xtasinov O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta'sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 2021 yilgi futbol mavsumida hakamlik qilishdan chetlatildi va 10 000 000 (o‘n million) so‘m jarimaga tortildi;
- O‘FA Bosh hakami Asker Najafaliyev hakamlarning futbol faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asosan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi bilan hamkorlik qilganligi va OFK Hakamlar akademiyasida tahsil olayotganligi, tahsil jarayonida eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qo‘rsatayotganligini inobatga olib, biroq O‘FA intizom kodeksining 5.42. bandiga asosan O‘zPFL musobaqalarini o‘tkazish bilan bog‘liq real faktlarni buzib ko‘rsatishga uringanligi uchun 2020 yil futbol mavsumi oxirigacha hakamlik qilishdan chetlatildi va 70 000 000 (yetmish million) so‘m jarimaga tortildi.
Shu jumladan, qo‘mita qarorlari bilan mazkur holatlarga aloqador bir nechta yordamchi hakamlar, nazoratchilar, hamda futbol klublari mas'ullari tegishli jarimalarga tortildi.
Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi futbol sohasida shubha ostiga olingan vaziyatlar bo‘yicha o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda O‘FA Etika qo‘mitasi tegishli tartibda ko‘rib chiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi», - deyiladi O‘FA bayonotida.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 14:02
-
AQSh nodavlat tashkiloti HAMASni o‘z xodimlarini o‘ldirishda aybladi
Jahon | 13:59
-
Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi
O‘zbekiston | 13:57
-
Eron yadroviy obektlariga hujum boshlagan Isroil, Hindistonda dahshatli aviahalokat va Xitoy bilan kelishgan Tramp – kun dayjesti
Jahon | 13:54
Mavzuga oid

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

21:04 / 29.11.2024