Senator Odiljon Iminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasini tanqid qilib, uning faoliyatini tugatiş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Odiljon Iminov
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

«Qanday qilib şunça yildan beri magistratura qabullari ular (Davlat qabul komissiyasi) orqali belgilanyapti? Bu komissiya ilm bilan şuğullanaman deydiganlar uçun magistraturaga yöl oçib beriş örniga kvotabozlik bilan şuğullanyapti.

U yerda korrupsiyadan tortib hamma masala bor. Afsuski, hozirgaça bu masalalarning yeçimiga yetib bölmayapti», – degan Odiljon Iminov 22 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda.

Senatorning aytişiça, u bir neça kun avval Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov bilan ham şu haqda suhbatlaşgan.

«Oddiy misol: bu komissiya tibbiyot instituti magistratura bölimining allergologiya yönalişiga 2ta örin ajratgan. Bu yönalişga ötgan yili 3 nafar nomzod öqiş uçun hujjat topşirgan. Ammo bu uçala nomzodning yiğgan balli öqişga kiriş uçun yetmay qolgan.

Menga bu böyiça xatlar kelyapti. Demak bu bizda allergologiya böyiça mutaxassislar çiqmayapti deganimi? Bu bizdan PHD doktorlari ham çiqmaydi deganimi? Nima bular sabotaj qilyaptimi?

Biz şu holatni ma'lum qilib Davlat qabul komissiyasiga 2 oy avval xat yozdik. Lekin ulardan haligaça javob yöq. Yöq. Şunçaki javob yöq. Senatning xatiga javob yöq.

Buni tugatiş kerak. Qabulni töliq universitetlarning öziga beriş kerak. Keyin universitetlar rektorlari ta'lim jarayoni va sifatiga öz boşi bilan javob bersin. Dekanlar esa ta'lim tarbiya uçun javob bersin.

Nega bu işlarni Vazirlar  Mahkamasida ötirgan çinovnik hal qilişi kerak? Öquv dasturlarini ham hamma universitet özi qilsin.

Davlat qabul komissiyasi deganining özi tagi yöq organ-ku. Nima keragi bor buning?», – deya yiğilganlarga savol bilan murojaat qilgan Odiljon Iminov.