Avstriyalik olimlar koronavirusning ilk uç ölçovli haqiqiy fotosuratini taqdim qilişdi. Bungaça virusning faqat kompyuterda yaratilgan modellaridan foydalanib kelingan.
Bu surat bir zumda muzlatilgan virusning 3D-surati hisoblanadi. U Vena texnika universitetining şu'ba kompaniyasi Nanographics tomonidan olingan.
Kompaniya suratni yaratiş uçun Pekindagi Tsinxua universiteti olimlari ma'lumotlaridan foydalangan. Xitoylik olimlar virus namunalaridan uning zarar yetmagan zarralarini ajratib, uni skanerlab, raqamli şaklda saqlaşga muvaffaq bölişgan.


















