Özbekistonda 21 yanvardan boşlangan kuçli şamol va qor böroni oqibatida Xorazm, Buxoro, Qaşqadaryo, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida elektr energiyasida uzilişlar röy berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, respublika böyiça 110 kV kuçlanişli 7ta havo liniyasida va 6–10 kV kuçlanişli 476ta havo liniyasida uzilişlar kuzatilgan va 550 100ta iste'molçi elektrsiz qolgan.

Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ raisining 1-örinbosari Jahongir Obidjonov 22 yanvar kungi brifingda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Uning sözlariga köra, avariyaviy öçişlarni tezkor bartaraf etiş maqsadida hududlarda avvaldan jami 481 ta tezkor brigadalar taşkil etilgan, zarur texnikalar jalb etilgan.

Brigadalar tomonidan 110–35 kV kuçlanişli tarmoqlar va 247ta 6–10 kV kuçlanişli liniyalar tarmoqqa qayta ulangan.

Ayni vaqtda elektrsiz qolgan iste'molçilarning 350 200 dan ortiği (deyarli 60 foizi) tarmoqqa qayta ulangan va qolgan qismida işlar olib borilmoqda.

Jahongir Obidjonov

«Özgidromet» ma'lumotiga köra, bunday noqulay ob-havo şaroiti 22 yanvar ham respublikaning ayrim hududlarida davom etişi mumkin. Şuni hisobga olgan holda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ aholini elektr energiyasida vujudga kelişi mumkin bölgan uzilişlardan ogohlantiradi va oldindan uzr söraydi.

Qadrli yurtdoşlar, hurmatli elektr energiyasi iste'molçilari! Ob-havo injiqliklari natijasida yetkazilgan zarar oqibatida keltirilgan noqulayliklarni tezkor bartaraf etiş maqsadida hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan barça çoralar körilayotganini ma'lum qilamiz», – dedi Jahongir Obidjonov.