Jahon | 18:22 / 23.01.2021
5310
1 daqiqa o‘qiladi

Zimbabveda bir hafta ichida uch nafar vazir koronavirusdan vafot etdi

15 yanvar kuni provinsial ishlar bo‘yicha vazir Elen Gvaradzimba vafot etgandi. 20 yanvar kuni esa tashqi ishlar vaziri Sibusiso Moyo vafot etdi.

Foto: AFP

Zimbabveda bir hafta ichida uch nafar vazir koronavirusdan vafot etdi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

"Rasmiy organlar Zimbabve transport va infrastrukturani rivojlantirish vaziri Joel Matiza koronavirusdan vafot etganligini tasdiqladi. Shu tarzda, u bir hafta ichida koronavirusdan vafot etgan uchinchi va Zimbabveda 2020 yil martda kasallik aniqlanganidan buyon vafot etgan to‘rtinchi vazir bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 15 yanvar kuni provinsial ishlar bo‘yicha vazir Elen Gvaradzimba vafot etgandi. 20 yanvar kuni esa tashqi ishlar vaziri Sibusiso Moyo vafot etdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Zimbabveda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 30,5 ming holat aniqlangan. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 962 kishi kasallikdan vafot etgan.

Mavzuga oid