Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» ikkinchi davrani yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi, Benzemada dubl
Ispaniya chempionatining 20-turida «Real» safarda «Alaves»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Madridliklarning gollariga Kazemiro, Benzema (2ta) va Azar mualliflik qilishdi. Yagona javob goli Xoselu hisobiga yozildi.
«Real» ochkolarini 40taga yetkazib, 2-o‘rinni mustahkamlab oldi. «Alaves» 18 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.
Turning yana bir bahsida «Real Sosedad» «Betis»ni qabul qilib, 90+2-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
La Liga, 20-tur, 23 yanvar
Alaves — Real 1:4
Gollar: Xoselu (59) — Kazemiro (15), Benzema (41, 70), Azar (45+1).
Alaves – Pacheko, Lejyen, Laguardia, Ximo Navarro (Sayns, 46), Agirregabiria, Mendes, Battalya (Manu Garsiya, 46), Rioxa (Lukas Peres, 46), Pina (Pere Pons, 72), Duarte, Xoselu (Deyverson, 78).
Real – Kurtua, Militao, Varan, Mendi, Vaskes, Kazemiro, Modrich (Odriosola, 77), Asensio (Isko, 77), Kroos, Azar (Vinisius, 63), Benzema.
Real Sosedad — Betis 2:2
Gollar: Isak (48), Oyarsabal (57) — Kanales (86), Xoakin (90+2).
Real Sosedad – Remiro, Le Norman, Gorosabel (Saldua, 66), Monreal, Subeldiya, Merino (Subimendi, 77), Gevara, Oyarsabal (Barrenechea, 78), Guridi, Portu (Yanuzay, 83), Isak (Bautista, 83).
Betis – Robles, Miranda, Ruis, Mandi, Emerson, Kanales, Akuoku (Vilyam Karvalyu, 56), Laynes (Rodri, 66), Guardado (Telo, 56), Fekir (Xoakin, 77), Moron (Sanabriya, 67).