Söx tumani hokimining birinçi örinbosari Ma'murjon Botirov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida tumandagi özgarişlar, 2020 yil davomida erişilgan ijobiy natijalar haqida gapirib berdi.

Hokim örinbosarining aytişiça, ötgan yili qabul qilingan prezident qarori tumandagi muammolarga yeçim topişda muhim örin tutmoqda. Intervyuda Ma'murjon Botirov tomonidan bildirilgan fikrlar quyida keltiriladi.

Söx tumanini kompleks rivojlantiriliş işlari boşlab yuborilgan

2020 yilning 8 avgust kuni Özbekiston prezidentining «2020-2021 yillarda Farğona viloyatining Söx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Qaror asosida tumanda şu paytgaça yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolar yeçimi böyiça dasturlar işlab çiqildi.

Tuman iqtisodiyotining ösiş nuqtasi sifatida birinçi navbatda sanoatni rivojlantiriş reja qilingan. Bunda respublikaning boşqa hududlari hamda qöşni davlatlardan olib kelinadigan mahsulotlarni özimiz işlab çiqaramiz.

Keyin qişloq xöjaligi sohasida ösiş nuqtasini belgilab oldik. Tumanda yöq oziq-ovqat mahsulotlarini şu hududning özida yetiştiriş va işlab çiqarişni yölga qöyamiz. Şu bilan birga, qöşni hududlarda talab yuqori bölgan mahsulotlarni işlab çiqarib eksport qiliş yönalişi ham bor.

Tumanimizning ösiş-drayver nuqtasi – turizm hisoblanadi.

Masalan, tibbiyot turizmi. Söx tumaniga tutaş Qirğiziston Respublikasi hududlarida tibbiyot ma'lum darajada rivojlanmagan bölsa-da, ularning tibbiy xizmatlariga ehtiyojimiz katta.

2020 yilda Söxda qanday özgarişlar yuz berdi?

2020 yil davomida tumanda 7ta zamonaviy klinikalar işga tuşdi. Şu kunga qadar Söx xalqi çegara oşib Farğona, Andijon viloyatlari va Toşkent şahridagi tibbiyot xizmatlari, uskuna, vositalaridan foydalanib kelardi.

Ötgan yilning özida 4ta maktabgaça ta'lim muassasasining işga tuşirilişi, 2ta umumta'lim maktabi rekonstruksiya qilinişi va yangi binolarning işga tuşirilişi ijtimoiy sohadagi birinçi qadamlar bölyapti.

2021 yilda ham hududimizda 3ta zamonaviy boğçalar taşkil etiş yöli bilan bolalar qamrovini yanada oşirişni rejalaştirganmiz.