Kattaqörğon şahrida 16 yoşli maktab öquvçisi P.E.ga nisbatan jinsiy tajovuz qilingani haqida tahririyatga murojaat kelib tuşdi. Olingan ma'lumotlar esa voyaga yetmagan qizga nisbatan noinsoniy tarzda tajovuz qilinganini körsatmoqda. Ayni vaqtdagi yana bir ayançli haqiqat şuki, qiz 10 yanvardan beri yöq. Topilmayapti...

Öz boşiga tuşgan bunday mudhiş voqealardan söng P.E. sönggi kunlarda qattiq iztirobda bölganini yaqinlari ta'kidlaşmoqda. Bunday ruhiy holatda bölgan qizning yöqolib qolgani yana ham xavotirga sabab bölmoqda. U heç kimga aytmasdan qayergadir ketib qolganmi? Kimdir öğirlaganmi? Özi yoki kimlardir uning joniga qasd qilganmi? Hozirça na bizda, na huquq-tartibot idoralarida uning ayni taqdiri haqida tayinli javob yöq.
Ekspertiza xulosalari 2020 yilning 28 dekabrida qizning nomusi toptalganini körsatmoqda. Yaqinlarining aytişiça, şundoq ham ruhiy iztirobda bölgan ösmir yana bir neça kun ötib ikkinçi marta jinsiy zöravonlikka uçragan.
Qiz şundan söng uyidagilarga, içki işlar organlari vakillariga voqeani batafsil sözlab bergan. Şular asosida mazkur voqeaga oydinlik kiritişga harakat qildik.

Ayni vaqtda Samarqand viloyat IIB tergov boşqarmasi vakillari jinoyatga qöl urganlar şubhasiz qonun oldida javob berişini ma'lum qilmoqda. Qizning yaqinlari esa organ xodimlariga e'tirozi borligini bildiryapti. Kun.uz holat böyiça qizning yaqinlari fikri, IIB va prokuratura organlarining izohini oldi.
Qizning onasi hamda boşqa qarindoşlarining ma'lum qilişiça, 2020 yil 28 dekabr kuni P. fan tögaragidan qaytişda I.S. boşqaruvidagi «Matiz» maşinasiga ötirgan. I.S. qizni Kattaqörğon şahar Çinobod mahallasi hududiga olib borib, zörlik işlatib nomusiga tekkan.
P.E. abgor, asabiy va tuşkun holatda uyga qaytgan. Ammo uydagilari tomonidan qança söroq qilinmasin, savollarga javob bermagan. Şu tarzda bir neça kun ötib, 2021 yil 1 yanvar kuni u yöqolib qolgan. Oilaning barça qarindoşlari qidirişga tuşgan. Qizning qöl telefonidagi ma'lumotlar olinib tekşirilganda, öşa kuni u bir raqam egasi bilan tört marta gaplaşgani ma'lum bölgan. Qarindoşlar 2 yanvar kuni öşa raqam egasi I.S. ismli şaxs ekanini aniqlaşgan. Şundan söng I.S. bilan uçraşganda u qizni topib berişga bir soat vaqt söragan. Bir soat içida qiz unga qönğiroq qilişini işonç bilan aytgan. Haqiqatan ham bir soat ötib qiz topilgan.



















